Avtomatlashtirilgan marketing

Endi marketingni bir martta sozlab, esdan chiqarsangiz bo’ladi. Dasturning o’zi sizning ishtirokingizsiz mijozlarni jalb qilib, ushlab qoladi va eskilarini qaytaradi.

Muammo:

Mijozlar bazasi bilan ishlash hech qayerda avtomatlashtirilmagan.

 

Odatda, qo’lda bajariladigan ishlar bu, maksimum:

  • chegirma kartalarini tarqatish 

  • Umumiy aksiyalarni ishga tushirish 

  • Maxsus sanalardagi tabrik

Sabab:

Kichik do’konlar orasida tarqalgan miflar:

  • Mijozlar bilan ishlash – qimmat

  • Faqatgina katta do’kon tarmoqlari bunga qodir

  • Bu samarasiz (foydasiz)

Natija:

  • Savdoning pasayishi

  • Mijozlarni yo’qotish

  • Do’konlarning yopilishi

 

Yechim:

Jowida marketing RFM matritsasiga asoslangan.

R – recency (muddat),

F – frequency (chastota),

M – monetary (daromad).

 

Bu ma’lum bir mijozning tashrif muddati, chastotasi va daromadning o’zaro nisbati.

 

 

Biz Jowi Club orqali siz uchun mijozlarni jalb etdik. Endi esa, ularning tashrifini odat tusiga aylantirish kerak.

 

Amerikalik sotsiologlarning izlanishlariga ko’ra, o’rtacha hisobda, faqat 4-tashrifidan keyingina mijozda bir joyda xarid qilish odati shakllanadi. Shuning uchun marketingning vazifasi – mijozni sizga 1 martta emas, 4 marttagacha jalb etish.

 

  1. Birinchi xarididan so’ng, Jowi Retail, avtomatik tarzda, unga XYZ do’konida xaridni amalga oshirish uchun taklif hamda to’lovning X% ini to’plagan ballari yordamida qoplash imkoni haqidagi Push xabar yuboradi.

  2. % kattaligi, mijozning o’tgan xaridida sarflagan pul miqdoriga bog’liq.

  3. Istalgan muddat cheklovi qo’yiladi: “Bizga X hafta ichida tashrif buyuring”.

  4. Uchinchi, to’rtinchi safar ham dastur huddi shu ishni takrorlaydi.

  5. Dastur sizning mijozingiz ongida zarur neyron aloqalarini va odatni shakllantirishga yordam beradi.

Eng qizig’i hali oldinda:

  1. Jowi Retail barcha mijozlaringiz tashriflar chastotasi va  xarajatlarini baholab chiqadi va eng faol mijozlar guruhini yaratadi.

  2. Mijoz ushbu guruhga kiritilishi bilanoq, u avtomatik tarzda % jamg’armasiga ulanadi.

  3. Agarda mijozingiz tashriflarini hamda xaridlarini oshirsa, uning % i ham asta-sekin o’sib boradi.

  4. Siz dasturni u tashriflarini kamaytirganida  foizlari ham kamayib ketadigan qilib sozlashingiz mumkin, bu mijozni tez-tez kirib turishga undaydi.

  5. Shu tarzda, siz ularni doimiy mijozlaringizga aylantirasiz, hozirgi yangi avlod xush ko’ruvchi geymifikatsiya bundan mustasno emas. 

 

Mijozni qanday qilib ushlab qolish mumkin?

Statistikaga ko’ra, 3 oy davomida tashrif buyurmagan mijzoning qaytib kelmaslik ehtimoli yuqori. (bu raqamlar biznesdan biznesga qarab farq qilishi mumkin). Agarda mijozingiz yuqorida ta’kidlab o’tilgan vaqt ichida xaridni amalga oshirmasa,  Jowi Retail tizimining o’zi  uning mobil ilovasiga sovg’a yuboradi. Bu usul ko’pchilikni qaytishga undaydi.

 

Qaytib kelmaganlari esa. “mijoz emas” guruhiga kiritiladi va ularni do’koningizga jalb qilish uchun, huddi birinchi marta bo’lganidek, maxsus aksiyalar ishga tushadi. Faqat farqi shundaki, bonuslar foizi mijoz avval qaysi guruhga (A, B, yoki C klassga ) tegishli bo’lganligiga qarab belgilanadi.

Endilikda  Siz marketingni bir martta sozlab, esdan chiqarsangiz bo’ladi.

Mutaxassis bilan bog’lanish

Jowi Retail - Savdo va inventarizatsiyani boshqarish uchun bepul dasturiy ta'minot

  • Facebook
  • Instagram
  • LinkedIn
  • telegram icon
Bizning manzil:
Telefon

10 Anson Road #29-05a International Plaza Singapore SG 079903 Singapore

Email:

help@jowi.club

spb_support@jowi.club
 

Toshkent
+998 (95) 144-64-51

+998 (71) 207-06-05

 

Sankt-Peterburg
+7 (812) 660-52-25

BIZGA XABAR YUBORING